AQShning Florida shtatida 14-oktabr kuni Battle at the Bay 5 boks kechasida o‘zbekistonlik Botirali “Xalk” Mamajonov ringga ko‘tarilib, mezbon bokschi Larri “Pakmen” Xarrisga qarshi jang olib bordi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
24 yoshli andijonlik bokschi to‘rt raundlik jangning uchinchi raundida raqibiga kuchli zarbalar yo‘lladi. Shundan so‘ng bellashuv referisi jangni to‘xtatishga qaror qildi.
Botirali Mamajonov professional ringdagi debyutini 2016-yilning fevral oyida o‘tkazgan edi. Shu vaqtga qadar u 5 ta jangning barchasida (shulardan 3 tasida nokaut bilan) zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)