Polsha politsiyasi mamlakat chempionati doirasidagi “Lodz” va “Vidzev” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinga muxlislarni kiritmagani uchun ular o‘rtasida mojaro kelib chiqdi. Buning oqibatida 24 nafar ishqiboz qo‘lga olindi. Bu haqda AP agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Vidzev” klubi muxlislari “Lodz” jamoasining uy stadioniga kirishga uringandi, ammo huquq-tartibot xodimlaridan rad javobini olganidan so‘ng ularga qarata plastik buyumlar uloqtirishni boshladi.
Ma’lumot uchun, yuqorida tilga olingan ikki klub Lodz shahri vakillari sanaladi. Har ikki klub moliyaviy muammolar sababli o‘zini bankrot deb e’lon qildi va Polsha chempionatining to‘rtinchi divizionida ishtirok etyapti.
Izoh (0)