Myanma shimoli-g‘arbida daryo kemasining halokatga uchrashi oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar bedarak yo‘qoldi. Bu haqda mahalliy qutqaruv xizmati ma’lumotiga tayanib, AFP agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Bortida 240—250 nafar odam bo‘lgan kema 15-oktabr, shanba tongida Chinduin daryosida cho‘kib ketdi. Agentlikning ta’kidlashicha, yo‘lovchilar orasida ko‘plab maktab o‘qituvchilari va mahalliy universitetning talabalari bo‘lgan. Ular festivalni nishonlash uchun yo‘l olgan edi.
Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Izoh (0)