Angliya futbol assotsiatsiyasi (FA) “Manchester Yunayted” klubi ustozi Joze Mourinyoning “Liverpul”ga qarshi Angliya chempionati 8-tur o‘yini oldidan uchrashuv bosh hakami Entoni Teylorga bosim o‘tishkazilishi haqida bildirgan so‘zlarini surishtiradi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Mister Teylor – juda yaxshi hakam. Ammo kimdir unga atayin bosim o‘tkazayotgani uchun u bo‘lajak bahsni yaxshi o‘tkazishi qiyin bo‘ladi”, – dedi Mourinyo.
Entoni Teylor Manchester shahrida tug‘ilgani uchun u “Manchester Yunayted”ga yon bosishi mumkinligi haqida fikrlar bildirilgan edi.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” va “MYu” o‘rtasidagi APL 8-tur o‘yini 17-oktabrdan 18-oktabrga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan yarim tun (00:00) da boshlanadi.
Izoh (0)