Joriy haftada Vyetnamning bir nechta markaziy provinsiyasida kuzatilgan toshqinlar oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Qurbonlarning katta qismi Kuangbin provinsiyasida kuzatildi. 100 ming bino suv ostida qoldi, 500 ming kishi uylarini tark etishga majbur bo‘ldi.
Bundan tashqari, sakkiz kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Izoh (0)