16-oktabr, yakshanba kuni 3,5 mingdan ortiq turli zotga mansub itlar xo‘jayinlari hamrohligida Madrid ko‘chalaridan marafon bilan o‘tdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Ispaniya poytaxti o‘ziga xos itlar marafonini beshinchi marta qabul qilmoqda. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad — jonivorlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish muammosiga jamoatchilik diqqatini tortish va odamlarni maxsus boshpanalardagi itlarni boqib olishga rag‘batlantirish.
Ispaniyada jonivorlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish uchun javobgarlik sifatida ozodlikdan mahrum etish chorasi ko‘zda tutilgan, lekin, shu bilan birga, ispan jamoatchiligida korrida va buqalar poygasi bo‘yicha yagona fikr yo‘q — birovlar buni eskirgan va beshafqat an’ana deb baholasa, boshqalar bunga milliy qadriyat sifatida qaraydi.
Izoh (0)