Rossiyaning “Birinchi kanal”i o‘zbekistonlik yosh xonanda, “Glavnaya ssena” loyihasi g‘olibi Sardor Milanoga bag‘ishlangan maxsus reportaj namoyish etdi. Videolavha kanalning internetdagi saytida e’lon qilindi.
Reportaj “Uch yarim oktavali diapazon mamlakatning bosh musiqiy sahnasini zabt etdi yoxud Sardor Milano qanday qilib beshinchi harakatda ‘Golos’ shousiga yo‘l oldi” degan uzun nomga ega.
“Uni o‘zbek Robertino Lorettisi deb atashar edi, u ‘Golos’ shousini to‘rt marta muvaffaqiyatsiz qamal qildi, ammo boshqa musiqiy shouda g‘alaba qozondi. Sardor Milano o‘zidan ustun kelgani, bolalik komplekslarini yengib o‘tgani, qariyb ikki metrga o‘sgani, buvisini Gnesinalar nomidagi akademiyaning qizil diplomi bilan quvontirgani, eshituvlarda ustozlarni o‘ziga qaratgani haqida maxsus reportaj”, — deyiladi videoga keltirilgan tushuntirishda.
Izoh (0)