United Airlines aviakompaniyasi kompyuter tizimidagi nuqsonlar tufayli butun dunyo bo‘ylab parvozlarni vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Buzilish 13-oktabr, payshanba kuni kelib chiqdi.
“Payshanba kuni tizimimizda kelib chiqqan buzilish reyslar kechikishiga sabab bo‘ldi. Biz muammoni hal qildik va yo‘lovchilarni imkon qadar tezroq manziliga yetkazib qo‘yish ustida ishlamoqdamiz”, — deyiladi aviakompaniyaning Twitter’dagi sahifasida joylashtirilgan bayonotda.
Yo‘lovchilar bir necha soat davomida samolyotlar bortida va kutish zallarida o‘tirishga majbur bo‘ldi. Muammo AQSh sharqiy qirg‘og‘i vaqti bilan soat 3:00 da bartaraf etildi.
Izoh (0)