Malayziyaning yaqin besh yil uchun yangi oliy hukmdori etib Kelantan shtati sultoni Muhammad V saylandi. Bu qirolning rasmiy qarorgohi — Istana Negara saroyida o‘tgan Hukmdorlar kengashining to‘qqiz a’zosi ishtirokidagi yashirincha ovoz berish yakunlariga ko‘ra ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
An’anaga ko‘ra, 13-dekabr kuni monarx taxtga chiqariladi. Taxtni zamonaviy Malayziya tarixida birinchi marta ketma-ket ikki muddat davomida Abdulhalim Muazzamshoh egallab turdi.
Sulton Muhammad 1969-yilning 5-oktabrida tug‘ilgan. U diplomatiya sohasida ta’lim olgan.
1957-yili konstitutsion monarxiyaga aylangan Malayziyada qirol asosan marosimiy vazifalarni bajaradi, shuningdek, oliy bosh qo‘mondon hisoblanadi. Qonun qabul qilishda, vazirlarni tayinlashda uning roziligi talab etiladi. Qirollar Valiahd shahzodalar (hukmdorlar) kengashi tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
Izoh (0)