Andijonda “O‘zbegim” ko‘p tarmoqli savdo markazi ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
To‘rt qavatli zamonaviy majmuada oziq-ovqat, sanoat, radiotexnika mahsulotlari, dori-darmon, kiyim-kechak, maishiy jihozlar bilan savdo qiluvchi supermarket, restoran va kafelar, kinozal, bolalar attraksionlari, tibbiyot xonalari joylashgan.
Andijon shahrida faoliyat boshlagan “O‘zbegim” ko‘p tarmoqli savdo majmuasini qurish va jihozlash uchun 10 milliard so‘m va 1 million dollar miqdorida mablag‘ sarflandi.
Bir vaqtning o‘zida 4 ming kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega yangi majmuada 320 kishi ish bilan ta’minlandi, ularning aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlardir.
Izoh (0)