CIES Football Observatory Angliya Premyer-ligasi klublarining ingliz futbolchilaridan qancha vaqt foydalanishi borasida tadqiqot o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “iSport.ua”.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, “Bornmut” eng “ingliz” klubi deb topildi. Ushbu jamoada maydonga tushadigan futbolchilarning 81 foizi angliyaliklardan tashkil topgan.
“Uotford” esa angliyalik futbolchilardan eng kam foydalanadigan klub deb topildi. “Qovog‘arilar” safida atigi bir nafar angliyalik futbolchi – Troy Dini (9 foiz) maydonga tushadi.
Qayd etish joiz, APLning atigi to‘rt jamoasi – “Bornmut”, “Byornli”, “Kristal Pelas” va “Everton” angliyalik futbolchilardan 50 yoki undan yuqori foizda foydalanadi.
APLning eng kuchli va qimmat klublaridan bo‘lgan “Arsenal”, “Manchester Siti” va “Chelsi” angliyalik futbolchilardan foydalanish bo‘yicha past ko‘rsatkichga ega.
Yevropa top-5 chempionatlariga taqqoslaganda, Angliya chempionatida mahalliy futbolchilardan nisbatan kam foydalaniladi. Fransiya chempionatida klublar 50 foizdan ortiq vaqtni fransiyalik futbolchilarga ajratadi. Germaniyada 18 klubdan 7 tasi, Ispaniyada 20 klubdan 11 tasi, Italiyada esa 20 klubdan 8 tasi 50 va undan yuqori foizda mahalliy futbolchilardan foydalanadi.
Izoh (0)