O‘zbekistonda 11-oktabr, seshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 11-oktabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +3...+8 daraja, Toshkent shahrida +10...+12 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +9...+14 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida +10...+15 daraja, qolgan hududlarda +8...+13 daraja iliq bo‘ladi.
Seshanba kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida +15...+20 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +20...+25 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +24...+29 daraja, qolgan barcha hududlarda, xususan, Toshkent shahrida +27 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.