Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining 2016-yil 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kompleks tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarda amalga oshirilgan ishlar natijalari va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda

Foto: “Publika.uz”

Foto: “Publika.uz”

Joriy yilning 9 oyida kompleks bo‘yicha jami 4,6 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, xizmatlar ko‘rsatildi. O‘sish sur’ati 2015-yilning shu davriga nisbatan 127,6 foizni tashkil etdi. Aholiga 2,9 trillion so‘mlik (122,7 foiz) pullik xizmatlar ko‘rsatildi. Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha 247,3 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ o‘zlashtirildi yoki rejaga nisbatan 115,5 foizga, eksport prognozi ko‘rsatkichlari ham ortig‘i bilan bajarilishiga erishildi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturining 9 oy davomidagi ijrosi ko‘rib chiqildi.

Yoshlarni teatr va muzeylarga kengroq jalb qilish, yoshlar talabiga javob beradigan asarlar yaratish, estrada yo‘nalishini tartibga solish, bunda yaratilayotgan qo‘shiqlarning badiiy-g‘oyaviy saviyasini oshirish, muzeylar, teatrlar va kinoteatrlarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, yoshlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘zaro muloqotlari uchun qulay, ishonchli ma’lumotlarga boy bo‘lgan mahalliy ijtimoiy tarmoqlar yaratish kabi masalalar batafsil muhokama qilindi. 

Interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish orqali kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hamda aholi uchun byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, ularni axborot bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Afg‘on xalqining sabri bilan o‘ynashmang” — “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Eronni bosib olish bilan tahdid qildi  
Dunyo
Xitoyda qayta avj olishi kutilayotgan kovid, 3-marta saylangan Erdo‘g‘on, bir oydan beri namoyish o‘tkazayotgan hind sportchilari — 29-may suratlari
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi