O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida tadbirkorlar uchun yangi ko‘rsatuv tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Bu haqda “Review.uz” xabar bermoqda.
Mazkur hujjatga muvofiq, “O‘zbekiston” telekanalida doimiy berib boriladigan “Tadbirkor davri” ko‘rsatuvi paydo bo‘ladi.
Interaktiv tarzdagi teleko‘rsatuvlar turkumi aholi, birinchi galda tadbirkorlik subyektlariga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritish bilan bog‘liq jarayonlarni amalga oshirish tartibini tushuntirishga qaratiladi.