O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 30-sentabr kuni “Immunologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror (pdf)ni imzoladi, deb yozadi UzDaily.
Unga ko‘ra, Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Fanlar akademiyasi Immunologiya instituti Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika immunologiya ilmiy markazi etib qayta tashkil qilinadi.
Respublika immunologiya ilmiy markazi inson organizmining immunologik va genetik asoslari, immun tanqisligi va immun qaramligi kasalliklari rivojining umumjahon va mintaqaviy biomeditsina yutuqlari bilan chambarchas bog‘liq holdagi fundamental tadqiqotlarini olib borish kabi qator masalalar bilan shug‘ullanadi.
Ilmiy markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs bo‘lib, Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘aznachilik hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.