10-oktabr, dushanba kuni ertalab Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir shtatida jangarilar guruhi Taraqqiyot va tadbirkorlik instituti binosiga hujum qildi, deb yozadi “TASS” NDTV telekanaliga tayanib.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar shtat poytaxti — Srinagardan 15 km masofada joylashgan Taraqqiyot va tadbirkorlik davlat institutiga hujum uyushtirgan. Ekstremistlar Pokiston nazorati ostidagi hududdan Jelam daryosi orqali qayiqda suzib kelgani taxmin etilmoqda. Xavfsizlik kuchlari terrorchilarni qurshab oldi, otishma chog‘ida bir harbiy xizmatchi yaralandi.
Hukumat taxmin qilishicha, ushbu aksiya 29-sentabr kuni hind maxsus topshiriqli bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan jangovar operatsiyaga jangarilar bildirgan javobdir. Operatsiyada hind harbiylari bahsli Kashmirning Pokiston nazorati ostidagi hududiga bostirib kirgan va jangarilarning yettita boshpanasini yo‘q qilgan, bir necha o‘nlab terrorchilarni qirgan edi.
Izoh (0)