AQShning Michigan shtati, Grand-Rapids shahrida otishma oqibatida bir kishi o‘ldirildi va 8 kishiga jarohat yetkazildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Otishma 9-oktabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan 04:00 atrofida ro‘y bergan. Jarohatlanganlar kasalxonaga yetkazildi.
WoodTV telekanali politsiya mazkur otishma bo‘yicha gumonlanuvchilar haqida ma’lum qilmaganini ta’kidlamoqda. Shahar politsiyasi serjanti Terri Diksonga ko‘ra, hozirda hodisa tafsilotlariga aniqlik kiritishga urinilmoqda.