Minsklik dasturchi Oleg Galsev otasi uchun qimmat bo‘lmagan qo‘l protezi yaratdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Elektromexanik qo‘lning asosiy qismlari 3D-printerda tayyorlandi. Protez taxminan 1500 dollarga tushdi, vaholanki, Yevropada bunday qurilma narxi 30 ming dollargacha borishi mumkin.
Dasturchi tarmoqda istalgan kishi mustaqil ravishda protezni tayyorlashiga yordam beradigan 3D-printerda chop etish uchun tayyor fayl va asosiy qismlar ro‘yxatini joylashtirdi.