Toshkentga 9-oktabr kirib kelganida AQSh nomidan ringga chiqib kelayotgan Jonatan Dinongga qarshi jang qilgan o‘zbekistonlik bokschi Sanjar Rahmonov professional boksdagi oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Olamsport” nashri ma’lumot berdi.
Floyd Meyvezerga tegishli bo‘lgan promouterlik kompaniyasi nomidan jang qiladigan Sanjar Rahmonov raqibini ochkolar farqi bo‘yicha mag‘lub etdi. U shu kunga qadar yettita jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning oltitasida raqiblaridan ustun kelgan. 3 tasini nokaut bilan yakunlagan.
Sanjar Rahmonov so‘nggi bor 17-sentabr kuni amerikalik Markius Xoutornga qarshi ringga chiqib, Las-Vegasda jangda zafar quchgandi.
Izoh (0)