Qozog‘istonda idoralararo tergov guruhi joriy yilning 5-iyunida mamlakat g‘arbidagi Aqto‘be shahrida sodir etilgan terakt yuzasidan tergov ishlarini yakunladi. Materiallar sudga taqdim etildi, deb xabar beradi “TASS”.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur ish yuzasidan 29 kishi jinoiy javobgarlikka tortiladi; ularning 28 nafari qo‘lga olingan, bir nafari qidiruvda. To‘qqiz kishi teraktda bevosita ishtirok etgan bo‘lsa, 18 kishi jinoyat haqida axborot bermaganlik, yana ikki kishi esa jinoyatchilarni yashirganlik uchun javobgarlikka tortiladi. 18 nafar yo‘q qilingan terrorchiga nisbatan jinoiy ta’qib ularning o‘limi munosabati bilan to‘xtatildi.
Prokuratura vakillarining ma’lum qilishicha, ish yuzasidan 215 ekspertiza o‘tkazilgan. 101 kishi jabrlanuvchi sifatida ko‘rsatilmoqda. Javobgarlar qotillik, talonchilik, terrorchilik akti, jinoiy guruh yaratish, unda ishtirok etish va unga rahbarlik qilishda ayblanmoqda.
Izoh (0)