Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Britaniya politsiyasi qirolicha Yelizaveta II ning Londondagi qarorgohi — Bukingem saroyi darvozasidan oshib o‘tishga uringan 21 yoshli yigitni qo‘lga oldi. Bu haqda, Skotlend-Yard bayonotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Voqea 7-oktabr, juma kuni sodir bo‘ldi. Yigit saroyning janubiy darvozasiga chiqa boshlagani haqida xabar topgan politsiya xodimlari voqea joyiga yetib keldi va tartibbuzarni qo‘lga oldi.

Yigitning yonidan qurol topilmadi. Ayni paytda u hibsda. Shifokorlar uning ruhiy holatini tekshirib ko‘rganidan so‘ng voqea yuzasidan qaror qabul qilinadi.

O‘sha paytda Yelizaveta II Bukingemda bo‘lmay, Vindzor qasrida yangi unvonlar taqdim etish marosimida ishtirok etayotgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Android telefonlarda zilziladan ogohlantiruvchi funksiyani yoqish usuli (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda Ramazon oyi 23-martdan boshlanadi
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim