BMTning fikr erkinligi bo‘yicha maxsus hisobotchisi Devid Key AQShning Yahoo kompaniyasi mamlakat maxsus xizmatlari talabi bilan foydalanuvchilarning elektron pochtasini kuzatishi haqidagi xabarlardan jiddiy tashvishdaligini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Hukumatlar tomonidan raqamli kommunikatsiyalarning bunday monitoringi shaxsiy xavfsizlikka putur yetkazishi mumkin, insonlar esa axborotni onlayn uzatish va qabul qilishda bunga muhtoj”, — ta’kidladi u.
“Ma’lum qilinayotgan kuzatish amaliyoti hukumatlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish zarurati va proporsional himoyasi standartlariga javob bermaydi”, — qo‘shimcha qildi BMT vakili.
Uning fikricha, Yahoo’ning bunga roziligi texnologik kompaniyalarning “hukumatlarning shubhali dasturlaridagi ishtiroki” borasida jiddiy savollar uyg‘otadi.
Yahoo kompaniyasi foydalanuvchilarining ma’lumotlarini maxsus xizmatlarga taqdim etgani haqidagi xabarlarni inkor qilgan edi. Bu voqealardan so‘ng taniqli shaxsiy erkinliklar himoyachisi Edvard Snouden internet foydalanuchilarini Yahoo’dagi akkauntlarini o‘chirib tashlashga chaqirgan edi.
Izoh (0)