Ko‘plab smartfonlarda hozirda gibrid lotok ishlatiladi. Unga yoki ikkita SIM-karta, yoki SIM-karta va microSD qo‘yish mumkin. Agar foydalanuvchiga ham ikkita SIM-karta, ham xotira kartasi zarur bo‘lsa, nima qilish kerak? “Hi-tech.mail.ru” buning ayyorona usulini ko‘rsatib berdi.
Bunda vazifa SIM-kartani kichraytirish va uni xotira kartasiga yopishtirishdan iborat.
Sizga bunda:
- SIM-karta
- Xotira kartasi
- Pinset
- Sham
- Najdak
- Superyelim
- Igna kerak bo‘ladi.
- SIM-karta lotokda qanday joylashishini tasavvur qilish uchun belgi qo‘yish kerak. SIM-kartani yonib turgan sham ustida biroz vaqt tutib turgach (pinset yordamida), chipni plastik asosidan ajratib oling.
- Burchagini hamda chetlaridan 1 millimetrdan kesib chiqing.
- Agar chip qappayib chiqib qolsa, uni najdak bilan biroz egovlash mumkin.
- Oddiy superyelimni olib, uni igna yordamida SIM-kartaga suring va xotira kartasiga yopishtiring.
- Yelim qotgach, lotokni o‘z joyiga qo‘yib ko‘ramiz, u odatdagidan ko‘ra tiqilibroq kiradi. Tekshirib ko‘ramiz, smartfon ikkala SIM-kartani ham, xotira kartasini ham ko‘rishi kerak.
Izoh (0)