Videobloger EverythingApplePro yangi videosini e’lon qildi, unda iPhone 7 Plus’ga USB Killer 2.0 “qotil fleshka”ni ulab ko‘rsatdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Ushbu fleshka, ishlab chiquvchilar so‘zlariga ko‘ra, USB Host’ni ko‘taradigan har qanday qurilmani ishdan chiqaradi.
Videoda bloger Apple gadjetiga fleshkani uladi, shunda chiqillagan tovush eshitildi. Ammo u qurilmani ishdan chiqara olmadi. Oxir-oqibat, iPhone 7 Plus’ning faqat Lightning portiga zarar yetgani, smartfonning o‘zi esa ishchi holatida qolgani ma’lum bo‘ldi.
USB Killer fleshkasi USB-portga ulanganida DC/DC o‘zgartirgichini ishga tushiradi, u kondensatorlarni 110 v kuchlanishgacha zaryadlaydi. Ushbu natijaga erishilgach, u o‘chadi, kondensatorlar esa portning ma’lumotlar uzatish shinasi orqali tezkorlik bilan zaryad yo‘qotishni boshlaydi.
“Qotil fleshka”ning bir necha soniyalik ishi — quvvat olish va quvvatsizlanishning bir nechta sikli demakdir.
Izoh (0)