AQSh hamda Shimoliy Yevropa mamlakatlari mudofaa vazirlari 7-oktabr kuni Xelsinkida o‘tgan ko‘p tomonlama uchrashuvda Boltiq dengizidagi xavfsizlik masalalarini muhokama qildi. Bu haqda, Pentagon matbuot kotibi o‘rinbosari Gordon Troubrijning so‘zlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Troubrijning so‘zlariga qaraganda, AQSh mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Robert Uork Finlyandiya poytaxtida ushbu yo‘nalishdagi uchinchi yig‘ilishda ishtirok etmoqda. Muzokaralarning ilgarigi ikki raundi Oslo va Stokgolmda o‘tgan edi. Bu safargi uchrashuvda Daniya, Islandiya, Latviya, Litva, Norvegiya, AQSh, Finlyandiya, Shvetsiya va Estoniya delegatsiyalari NATOning sharqiy flangida alyans kuchlarining faolligi masalasini ko‘rib chiqdi.
Bundan tashqari, tomonlar Yevropada xavfsizlik va barqarorlik masalalarini muhokama qildi.
Izoh (0)