Tailandning Pxuket orolida zaharli fizaliyalar topilgandan keyin yopib qo‘yilgan barcha plyajlar dam oluvchilar uchun yana ochildi. Bu haqda 6-oktabr, payshanba kuni Phuket News ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Qutqaruv xizmati rahbari Pratxayut Chuayuan Pxuketda zaharli dengiz jonivorlarining soni sezilarli kamayganligini tasdiqladi.
Plyajlar cho‘milish uchun ochilgan, biroq suvda fizaliya va meduzalar uchrashi mumkinligi haqidagi ogohlantiruvchi belgilar sohilda saqlanmoqda.
Avvalroq hududidan zaharli fizaliyalar topilganligi tufayli orolning Nayton, Nay-Yang, Layan va May-Kxao plyajlarida cho‘milish taqiqlanganligi haqida xabar berilgan edi. Mahalliy OAVlarda Pxuket orolida tailandlik bir nafar sayyoh fizaliyadan kuyish jarohatini olganligi haqida xabar berilgan.
Qutqaruvchilar sohilga chiqib qolgan yuzlab shunday dengiz jonivorlarini yig‘ib olgan.
Izoh (0)