YouTube’ning DyingLlama nikli foydalanuvchisi daraxtdan ikki qavatli avtobus tomiga chiqib oldi va o‘sha yerda turib Londonning kechki ko‘chalarini kezdi, deb xabar bermoqda Tjournal.
Atrofdagilar uning xatti-harakatlariga e’tibor qaratdi, ammo politsiya vakillari tartibbuzarni payqamadi. Sayrni yakunlagan DyingLlama avtobusdan tushib, voqea joyini tark etdi.
Ismi noma’lum bo‘lib qolayotgan foydalanuvchi o‘z sayrini videotasvirga tushirib, YouTube’ga joyladi.
Izoh (0)