2018-yil Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionati uchun harakat qilayotgan Janubiy Amerikaning 10 ta mamlakati saralashning 9-turini yakunladi.
O‘z maydonida Venesuelani yirik hisobda taslim qilgan Urugvay ochkolarini 19 taga yetkazib, turnir jadvalida karvonboshi bo‘lib turibdi. Ikkinchi davraning birinchi o‘yinini Urugvay 12-oktabr tonggida Kolumbiyada o‘tkazadi.
Braziliya terma jamoasi 9-turning eng yirik hisobini qayd etib berdi. Boliviyaga qarshi saf tortgan Neymar jamoadoshlari 5 ta gol urishning uddasidan chiqdi va ochkolari sonini 18 taga yetkazib oldi. 12-oktabr kuni Braziliya Venesuela maydoniga safar uyushtiradi.
Ekvador 9-turni yirik g‘alaba bilan yakunladi. Kopa Amerikaning amaldagi g‘olibi Chiliga qarshi saf tortgan terma 3:0 hisobida zafar quchdi.
Paragvaydan g‘alaba bilan qaytgan Kolumbiya terma jamoasi ochkolarini 16 taga yetkazib, to‘plar nisbatiga ko‘ra Argentinadan oldinroqqa joylashib oldi.
Lionel Messisiz Peruda mehmon bo‘lgan Argentina esa ikki bor hisobda oldinda borib, yakunda g‘alabani qo‘ldan chiqardi hamda 5-o‘ringa sho‘ng‘idi.
JCh—2018 KONMEBOL saralashi. 9-tur 7-oktabr, juma
Izoh (0)