Slovakiyaning birinchi prezidenti Mixal Kovach 86 yoshida Bratislavada vafot etdi. Bu haqda Teraz ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Kovach yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etdi. Uning o‘limi haqidagi ma’lumotni sobiq prezidentning qarindoshlari tasdiqladi.
Kovach 1993—1998-yillarda respublika rahbari lavozimida ishlagan. Oxirgi yillarda u og‘ir xastalikka chalingandi. Mart oyida u ikki marta shifoxonaga yotqizilgan edi.
Izoh (0)