Rossiya Premyer-Ligasining o‘tgan mavsumi yakuniga ko‘ra quyi ligaga tushib ketgan “Kuban” klubini bir yil muqaddam “Paxtakor”da faoliyat olib borgan Aleksandr Grigoryan qabul qilib oladi, deb yozdi “Championat.asia”.
Nashr bunda “Kuban” klubi rasmiy saytiga tayanganini ko‘rsatdi. Jamoa matbuot xizmati amaldagi bosh murabbiy — ruminiyalik Dan Petresku bilan shartnoma ikki tomon kelishuviga ko‘ra bekor qilinayotganini aytib o‘tgan. Mazkur xabarda “Kuban”ni vaqtinchalik Mixail Semyonov boshqarishi ko‘rsatib o‘tilgan.
“Paxtakor” sobiq murabbiyi ayni vaqtda “SKA-Xabarovsk” bosh murabbiyi hisoblanadi. Uning jamoasi Rossiya birinchi divizionida 15-turdan keyin beshinchi bo‘lib turibdi. “Kuban” esa 14-pog‘onadan joy olgan.
Ma’lumot uchun, Armaniston poytaxti Yerevanda tavallud topgan va hozirda Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan Aleksandr Grigoryan “Paxtakor”ni 2015-yil qabul qilib olib, shu yilning o‘zidayoq jamoani tark etgandi.
Izoh (0)