Jakartada joriy yilning 4-dekabrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Jahon”.
Tadbir davomida yig‘ilganlar faol saylovoldi kampaniyasi boshlanganligi haqida xabardor etildi. Mamlakatning barcha amaldagi partiyalari prezidentlik saylovlarida qatnashish istagini bildirganligi ta’kidlandi.Brifingda, shuningdek, saylov jarayonining ochiqlik va oshkoraligini ta’minlash maqsadida saylovlarda xalqaro kuzatuvchilarning ishtiroki, OAVlar bilan hamkorlik, saylovlarga tayyorgarlik va ularni o‘tkazishning barcha bosqichlari haqida fuqarolarni xabardor qilishga alohida e’tibor berilayotganligiga urg‘u berildi.
Brifing davomida Indoneziya Respublikasi ombudsmeni Amzulian Rifai saylovlar har bir davlatning taraqqiyot darajasi va fuqarolik jamiyatining mustahkamligi ko‘rsatkichi ekanligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekistonda mazkur muhim siyosiy voqeani demokratik normalarga muvofiq tarzda o‘tkazish uchun barcha zarur shartlar va huquqiy asoslar yaratilgan.
Izoh (0)