“SSKA” futbol jamoasi vakillari amaldagi prezident Yevgeniy Giner klubni sotishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida hech narsa bilmaydi. Bu haqda klubning jamoatchilik bilan aloqalar va axborot siyosati bo‘yicha direktori Sergey Aksyonov “Interfaks” bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi.
“Savollar axborot muallifi va manbaiga, ular go‘yoki klub rahbariyatiga yaqin emish. Aftidan, faqat ular Yevgeniy Leonorovichning (Ginerning) aqlidagi fikrlarni biladi”, — uning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Bir muddat ilgari sport nashrlarida Yevgeniy Giner moliyaviy muammolar tufayli klubni sotmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Izoh (0)