AQShning The Washington Post gazetasi muxbiri Jeyson Rizoyon bir yarim yil davom etgan hibsdan ozodlikka chiqishi bilan Eron hukumatini sudga berdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Eron rasmiylari Rizoyonni qasddan ushlab turdi, u bilan qo‘pol muomalada bo‘lindi, u AQShning g‘ayrihuquqiy ravishda yon berishiga erishish uchun hibsda tutildi”, — deyiladi da’vo arizasida.
Jurnalistning ta’kidlashicha, u Eron qamog‘ida ham jismoniy, ham ruhiy qiynoqqa solingan.
Rizoyon rasmiy Tehronni uni garovga olishda, qiynoqqa solishda va noqonuniy tarzda hibsda ushlab turishda ayblamoqda. U Erondan badal puli undirmoqchi, ammo talab qilinayotgan summa noma’lum.
Izoh (0)