Eng yirik aloqa operatori — Beeline 2-noyabr kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida bir necha mamlakatdan tashrif buyurgan ma’ruzachilarni birlashtiradigan xalqaro MobiCon 2016 mobil konferensiyasining bosh hamkori bo‘ldi.
Voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov shunday dedi:
“Nafaqat telekom, balki IT sohasidagi muhim ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash Beeline’ning tashrifnomasiga aylanmoqda. So‘zsiz, O‘zbekiston tarixidagi birinchi mobil konferensiya eng yirik aloqa operatorining faol ishtirokisiz o‘tmaydi, va bizga MobiCon 2016 konferensiyasining bosh homiysi bo‘lish imkoni berilganidan g‘ururlanamiz. Forumning mehmonlari va ishtirokchilarini ko‘p yoqimli sovg‘alar kutmoqda, tadbir esa yangi raqamli iqtisodiyotni qurishda navbatdagi qadamga aylanadi”.
Konferensiya tashkilotchisi — Ledokol Group kompaniyasi. Bosh axborot hamkori Rossiyadagi Mail.Ru Group kompaniyasi bo‘ldi, strategik hamkor — UzInfocom axborot texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish Markazi.
“Bu yil ikkinchi marotaba digital-sohadagi yirik tadbir telekommunikatsion bozorning yetakchisi rahbarligida o‘tayotganidan xursandmiz, — qayd qilib o‘tdi Ledokol Group direktori Dilshod Muzaffarov. — Bundan tashqari, VimpelCom kompaniyalar guruhi tarafidan qo‘llab-quvvatlangan taniqli Eurasia Mobile Challenge mobil dasturlar tanlovi ham MobiCon doirasida o‘tkazilishi ahamiyatlidir. Konferensiyamizni birgalikda juda yuqori darajada o‘tkazishimizga shubham yo‘q, bu haqda ishtirokchilar guruhi ham dalolat beradi”.
Mobil texnologiyalar va telekom, smartfonlar va portativ uskunalar, mobil marketing va reklama, messenjerlar va chatbotlar, virtual reallik va muvaffaqiyatli startaplar MobiCon 2016 ning asosiy mavzulariga aylanadi.
Tafsilotlar — “MobiCon.uz” saytida.
***
Beeline brendi O‘zbekiston Respublikasi hududida “Unitel” MChJ savdo belgisi hisoblanadi. Kompaniya 1996-yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning tijoriy faoliyati 1997-yil 25-sentabr kuni boshlangan. Hozirgi kunda kompaniya O’zbekiston GSM-operatorlari qatorida yetakchi o’rinni egallab kelmoqda. 2015-yilning natijalari bo‘yicha kompaniya abonentlarining soni 9,9 million kishini tashkil qildi. 2006-yil 12-sentabrdan boshlab “Unitel” MChJ Beeline brendi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 2008-yil 2-dekabr kuni Unitel kompaniyasi O’zbekistonda birinchi bo‘lib 3G tarmog‘i ishga tushirilishi to‘g‘risida e’lon qildi. 2014-yilning 4-sentabr kuni Beeline O‘zbekistonda ilk bor 4G LTE tarmog‘ini ishga tushirdi.
“Buzton” qo’shma korxonasi 1995-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Birinchi bosqichda kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishi bo‘lib xalqaro, shaharlararo va mahalliy raqamli telefon aloqasini taqdim etish hisoblanar edi. 2000-yildan boshlab kompaniya telekommunikatsiyalar bozorida o‘z faoliyat doirasini kengaytirdi va internetga kirish hamda ma’lumotlar uzatish bo‘yicha xizmatlar taqdim etishni boshladi. Hozirgi kunda “Buzton” QK integratsiyalangan aloqa xizmatlari operatori sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda, ya’ni mijozlarga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarining butun majmuasini: telefoniya, ma’lumotlar uzatish va internetga kirish xizmatlarini taqdim etmoqda. 2008-yilda “Buzton” QK “VimpelKom” MCHJ kompaniyalar guruhi tarkibiga kirdi.
Batafsil ma’lumot uchun:
“Unitel” MChJ matbuot kotibi Elvira Settarova+99890 373-09-36, pr@beeline.uz
Facebook’da biz bilan birga bo‘l: http://www.facebook.com/beeline.uz
Twitter’da bizdan boxabar bo‘lib tur: http://www.twitter.com/beeline_uz
“Odnoklassniki”da bizni muhokama qil: http://www.odnoklassniki.ru/beeline.uz
Instagram’da fotosuratlarni tomosha qil: http://www.instagram.com/beeline_uzbekistan
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)