Facebook ijtimoiy tarmog‘i xususiy e’lonlar uchun Marketplace platformasini taqdim etdi, u yaqin atrofda yashaydigan foydalanuvchilarga buyumlarni sotish va ulardan sotib olish imkonini beradi, deb yozadi Afisha Daily.
Platformaga Facebook dasturidagi maxsus belgichani bosish orqali o‘tish mumkin. Foydalanuvchilar kategoriya, sotuvchining joylashgan joyi va narxni tanlagan holda, mahsulotlarni filtr yordamida qidirib topishi mumkin.
Xaridorlar sotuvchi bilan shaxsiy xabarlar orqali bog‘lanishi mumkin, to‘lov va yetkazib berish bo‘yicha masalalarning barchasini ular mustaqil hal qiladi. Ayni paytda Marketplace AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiyaning 18 yoshdan oshgan fuqarolari uchun ochiq, ammo yaqin orada kompaniya ushbu platforma foydalanuvchilari geografiyasini kengaytirmoqchi.
Izoh (0)