KXDR bosh vaziri Pak Bon Dyu mamlakatda kattaligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turuvchi Xinnam portiga nazorat tashrifini amalga oshirdi. Bu haqda 3-oktabr, dushanba kuni “Nodon sinmun” gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Hukumat rahbari sement ortilgan yuk kemalarining kuchli suv toshqinidan jabrlangan Xamgyon-Pukto provinsiyasiga jo‘natilishini nazorat qildi.
U, shuningdek, port ma’muriyati bilan majlis o‘tkazdi va tabiiy ofat hududiga zarur asbob-uskunalarning o‘z vaqtida yetkazilishi zarurligini ta’kidladi.
Mamlakatning asosiy sanoat tashkilotlari KXDR shimolida joylashgan Xamgyon-Puktodagi tiklash ishlari uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, jumladan, qurilish materiallari, elektr qurilmalari, kabellar va transformatorlar ishlab chiqarish hajmini oshirmoqda.
Qutqaruvchilar jamoalari, jumladan, Koreya xalq armiyasi askarlari tabiiy ofat oqibatida boshpanasiz qolganlar uchun turar-joylar barpo etib, mo‘jiza yaratmoqda. Xamgyon-Puktoga boshqa hududlardan minglab quruvchilar yuborilgan.
Izoh (0)