Hindiston va Pokiston milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchilari telefon orqali suhbatlashib, Kashmir mintaqasidagi keskinlikni bartaraf etish choralarini muhokama qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Pokiston bosh vazirining xalqaro munosabatlar bo‘yicha maslahatchisi Sartoj Azizning so‘zlariga qaraganda, muzokaralar Pokiston milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Nosir Jonjua va uning hindistonlik hamkasbi Ajit Doval o‘rtasida bo‘lib o‘tgan.
Oxirgi kunlarda Kashmir hududida ikki davlatning munosabatlari keskinlashib ketdi. Bunga 18-sentabr kuni Hindiston harbiylariga uyushtirilgan hujum sabab bo‘ldi.
Izoh (0)