Estoniyada uchinchi harakatda saylangan davlat rahbari Kersti Kalyulayd mamlakat tarixidagi birinchi ayol prezident bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ayol ilgari Yevropa hisob-kitob palatasida ishlar edi.
Parlamentda o‘tgan saylovlarda g‘alabaga erishish uchun deputatlarning uchdan ikki qismi bir kishini tanlashi lozim edi, bu esa 101 ovozdan 68 tasi demak. Kalyulayd xonimga 81 deputat ovoz berdi. U prezidentlikka yagona nomzod edi.
Ovoz berish chog‘ida 17 byulleten to‘ldirilmay qoldi, uch deputat yig‘ilishda ishtirok etmadi.
Izoh (0)