Kuba 1-oktabr, shanba kuni mamlakat sharqida siklon xavfi haqida ogohlantirish e’lon qildi hamda kuchli “Metyu” dovuli yaqinlashayotganligi tufayli markaziy provinsiyalarda axborot ogohlantirish rejimini joriy etdi. Bu haqda Prensa Latina agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Kamaguey, Las-Tunas, Granma, Olgin, Santyago-de-Kuba va Guantanamo provinsiyalarida soat 16:00 dan favqulodda choralar qabul qilingan bo‘lsa, Syenfuegos, Vilya-Klara, Sankti-Spiritus va Syego-de-Avila provinsiyalarida radio va televideniye yangiliklari axborot kuzatuvi kuchaytirildi.
Kuba Meteorologiya instituti Ob-havoni prognoz qilish markazi ma’lumotlariga ko‘ra, “Metyu” Saffir-Simpson shkalasi bo‘yicha to‘rtinchi darajali kuchli bo‘ronligicha qolmoqda. Tezligi soatiga 230 kilometrni tashkil etgan bo‘ron g‘arbiy yo‘nalishda harakatlanmoqda.
Hukumat aholini ob-havo yangiliklarini diqqat bilan tinglashga va provinsiyalar rahbariyati ko‘rsatmalarini bajarishga chaqirmoqda.
Izoh (0)