Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton sentabr oyida o‘zining targ‘ibot kampaniyasi va partiya uchun rekord miqdorda — 154 million dollar jalb etishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda siyosatchining saylov shtabi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

84 million dollar Klintonning prezidentlik poygasida ishtirok etishi uchun to‘plandi, 70 million esa Demokratlar partiyasi Milliy qo‘mitasi va uning shtatlardagi bo‘limlari uchun mo‘ljallangan.

Klinton targ‘ibot kampaniyasi menejeri Robbi Mukning bildirishicha, sentabrda 900 mingdan ortiq kishi saylov fondiga xayriya qildi. Kampaniya boshlanganidan beri ularning soni 2,6 million kishini tashkil etdi.

Sentabr oyida yig‘ilgan mablag‘ sobiq davlat kotibi nomzodi AQSh prezidentligiga ilgari surilganidan beri to‘plangan rekord miqdordagi summa bo‘lgani qayd etilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi