Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Aktrisa Anjelina Joli turmush o‘rtog‘i, aktyor Bred Pitt bilan kelishuv doirasida 20-oktabrga qadar 6 farzandi ustidan vasiylik huquqini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Pitt narkotik va alkogol bo‘yicha tekshiruvdan ham o‘tadi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: AP

Foto: AP

TMZ nashriga ko‘ra, Joli va Pitt Los-Anjeles okrugi oila va bolalar ishlari boshqarmasi tavsiyalariga rioya etishga rozi bo‘ldi. Jumladan, ularning ikkovi uchun ham individual konsultatsiyalar o‘tkaziladi. Bredning bolalar bilan birinchi uchrashuvi esa terapevt ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Reuters agentligining bildirishicha, bolalar ustidan to‘liq vasiylik kimga berilishi haqida hozircha bir to‘xtamga kelinmadi.

20-sentabr kuni Anjelina Jolining advokati uning mijozi Bred Pitt bilan ajrashmoqchi ekanini tasdiqladi. Nikohni bekor qilish uchun asos sifatida aktrisa eri bilan, xususan, bolalarni tarbiyalash masalasida jiddiy ixtilofdaligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, 2004-yildan buyon uchrashib yurgan Joli va Pitt 2014-yilda nikohdan o‘tgan edi. Juftlik uch farzand ko‘rgan, shuningdek, uch bolani asrab olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi