Amerikalik aktrisa Anjelina Jolining advokati u Bred Pitt bilan ajrashish uchun hujjatlarni topshirganini tasdiqladi. Bu haqda, BBC’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Aytilishicha, nikohni bekor qilish uchun asos sifatida aktrisa eri bilan, xususan, bolalarni tarbiyalash masalasida jiddiy ixtilofdaligini bildirdi.

TMZ resursining ma’lum qilishicha, hujjatlarda xiyonat haqida gap ketmagan.

Joli arizasida, shuningdek, olti nafar farzandini o‘z qaramog‘iga olish niyatini bildirgan, ammo eri ularni ko‘rib turishiga qarshi emasligini ma’lum qilgan.

2004-yildan buyon uchrashib yurgan Joli va Pitt 2014-yilda nikohdan o‘tgan edi. Juftlik uch farzand ko‘rgan, shuningdek, uch bolani asrab olgan.