Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Madridning “Real” klubi Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turini Polshada “Legiya” klubiga qarshi o‘tkazadi. UEFA mazkur bellashuvni muxlislarsiz o‘tkazish qarorini chiqardi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Legiya”ning Dortmund “Borussiya”siga qarshi o‘yinida mahalliy muxlislar bir qator tartibsizliklar keltirib chiqargan. Maydonga pirotexnika vositalari va turli buyumlar uloqtirilgan. Buning oqibatida UEFA jamoaning uy uchrashuvi tomoshabinlarsiz o‘tishini ma’lum qilgan, deb yozdi “Championat.asia” “Legiya” saytiga tayanib.

Bundan tashqari “Legiya” 80 ming yevro miqdorida jarima to‘lab berishi ham kerak. Mazkur holat yuzasidan klub rasmiylari apellyatsiya berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, “Real”ning “Legiya” qarshi safar o‘yini 2-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi