Arktikada norvegiyalik tadqiqotchilar guruhi tomonidan afsonaviy sayohatchi Rual Amundsenning (1872-1928) kemasi suv tubidan yuqoriga olib chiqildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Mod” nomini olgan kema 1930-yilda Kanadaning arktik hududi — Nunavutdagi Viktoriya oroli janubiy sohilida joylashgan Keymbridj-Bey yaqinida cho‘kib ketgan edi.
Kema suvga 1917-yilda tushirilib, Norvegiya qirolichasi Mod sharafiga nomlangan edi.
“Bu juda ham chiroyli va juda kuchli kema. Biz bugun ‘Mod’ni juda yaxshi holatda ko‘rishdan xursandmiz”, — dedi tadqiqotchilar guruhi a’zosi Yan Vanggard.
U jamoasi Nunavutning ushbu hududida oxirgi olti yil davomida ish olib borganligini ta’kidladi. “Mod” yana bir qishni Arktikada o‘tkazib, shundan so‘ng Norvegiyaga yetkaziladi.
Izoh (0)