Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tadqiqotlariga ko‘ra, Ukraina havoning ifloslanganligi tufayli yuz bergan o‘lim holatlari soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2012-yilda Ukrainada havoning ifloslanganligi oqibatida 54 507 kishi vafot etgan. Keltirilgan statistikaga ko‘ra, har 100 ming kishiga 120 o‘lim holati to‘g‘ri keladi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainadagi havoning ifloslanganligi jahonning “toza mamlakatlari” (Islandiya, Finlyandiya, Liberiya, Kanada, Kanada) birgalikdagi ko‘rsatkichlaridan ko‘ra ko‘proq o‘lim holatiga sabab bo‘ladi.
O‘lim holatlari soni bo‘yicha beshlikka Bolgariya, Belarus, Rossiya, shuningdek, Bosniya va Gersegovina ham kirdi.
Izoh (0)