Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh va Kanada paleontologlari ikki davlat sohillarini yuvuvchi Fandi ko‘rfazi qirg‘og‘idagi Joggins-Kliffs qoyalaridan avval fanga ma’lum bo‘lmagan ulkan mingoyoqlarning uchta turi tosh qoldiqlarini aniqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: National Geographic

Foto: National Geographic

Mingoyoqlarning uzunligi 30 santimetrga borgani ehtimoldan holi emas. Ular o‘txo‘r bo‘lgan va bundan taxminan 300 million yil avval, ya’ni tosh-ko‘mir davrida qadimgi o‘rmonlarda istiqomat qilgan.

“Namunalarda ko‘plab oyoqlar izlari ko‘rinib turibdi, biroq ular to‘lig‘icha qanday ko‘rinishga ega bo‘lganini bilmaymiz. Balki ularda umurtqaga o‘xshash nimadir bo‘lgandir, balki yo‘q”, — deydi Klivlend tabiat tarixi muzeyi paleontologi Jo Xennibel.

Tadqiqotchining so‘zlariga ko‘ra, hozirda olimlar mazkur ko‘poyoqli jonivorlar evolyutsiya jarayonida qanday o‘rin egallaganini aniqlashga harakat qilmoqda. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda 7-fevral kuni 20 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda 
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi