O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Isroilning sobiq prezidenti Shimon Peresning vafoti munosabati bilan ushbu mamlakat rahbariyatiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev atoqli Isroil davlat va jamoat arbobi, sobiq Prezidenti Shimon Peresning vafot etganligi munosabati bilan Isroil Davlati rahbarlari — Prezident Reuven Rivlin va Bosh vazir Benyamin Netanyaxuga samimiy ta’ziya izhor etilgan maktublar yo‘lladi va marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik va dalda so‘zlarini bildirdi”, — deyiladi xabarnomada.
Izoh (0)