Daryo

Isroil sobiq prezidenti Shimon Peres 93 yoshida vafot etdi

Avvalroq Peresning miyasi o‘lgani qayd qilingan edi

1 daqiqa o‘qish11 560 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AP

Miyasiga qon quyilishi tufayli shifoxonaga yotqizilgan Isroilning sobiq prezidenti Shimon Peres 93 yoshida vafot etdi. Bu haqda, Reuters agentligiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.

Foto: AP

Xabarda ma’lum qilinishicha, Peres Tel-Avivdagi shifoxonada, mahalliy vaqt bilan soat 3:40 da vafot etgan.

Isroilning to‘qqizinchi prezidenti 13-sentabr kuni insultni boshdan kechirgan edi. Shifokorlar uni sun’iy komaga o‘tkazib, havo aylantirish apparatiga ulab qo‘ygan edi.

Bir muddatdan so‘ng Peres sun’iy komadan chiqarilgani ma’lum bo‘ldi. Shifokorlar uning ahvoli biroz yaxshilanganini, lekin haligacha og‘ir bo‘lib qolayotganini ma’lum qildi.

27-sentabr kuni The Jerusalem Post Isroilning sobiq prezidenti og‘ir ahvolda ekani haqida xabar berdi.

Keyinroq Peresning miyasi o‘lgani qayd qilingani va uning qarindoshlari u bilan vidolashishga chaqirilgani haqida xabar berilgan edi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar