Nikaraguada 5,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Yer silkinishlari epimarkazi Nikaraguaning La-Pas-Sentro shahridan 16 kilometr shimoli-sharqda, o‘chog‘i esa 6,7 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar kelib tushmadi.
Izoh (0)