Bukingem saroyi boshqaruvchisining sobiq o‘rinbosari jami 100 ming funt sterlingdan ortiq pora olgani uchun besh yilga qamaldi, deb yozadi “TASS”.
The Daily Mail ma’lumotlariga ko‘ra, 64 yoshli Ronald Xarper ancha vaqt davomida keyinchalik yirik shartnomalarga ega bo‘lgan kompaniyalardan pul va sovg‘alar qabul qilgan. Poralar bevosita Xarperga yoki uning oila a‘zolariga topshirilgan, yoki bo‘lmasa, uning bank kartalariga kelib tushgan.
Xarper iyunda va avgustda ishi sudda ikki marta ko‘rib chiqilganidan keyin korrupsiyaviy til biriktirganlik haqidagi ayblovlarning ikkita moddasi bo‘yicha aybdor deb topildi. Qirollik sudi sudyasi Nikolas Loreyn-Smit Xarperni “hamkasblarining ishonchi va hayratidan foydalanuvchi mehnatkash va sodiq xizmatchi” deya tavsifladi.
1994-yildan 2012-yilgacha Xarper, shuningdek, Sent-Jeyms, Klarens-xaus va Vindzor qasrlari uchun ham javobgar bo‘lgan.
Izoh (0)